Yangiliklar

Qand Spring-Summer 2025 kolleksiyasining taqdimoti
05.05.2025 Spring-Summer 2025. Chingiz Axmarov kolleksiyasi.
5-may kuni biz buyuk rassom Chingiz Axmarovga bag‘ishlangan yangi kolleksiyani taqdim etdik. Taqdimot Alisher Navoiy teatrida o‘tkazildi va ko‘p qatlamli madaniy performansga aylandi.
Kechani ustoz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan animatsion film premyerasi ochdi. Film ustida asoschi Saidakmal Vahobov boshchiligidagi Qand jamoasi ishladi. 1000 dan ortiq akvarel chizmalar rassom Xolmurod Muzaffarov, ssenarist Maftuna Amilxonova, rejissyor Abdurahim Aslanov va bastakor Mosaiq8e yordamida jonlantirildi.
Namoyishdan so‘ng mehmonlar sahnaga taklif qilindi — u yerda Axmarovning, jumladan shaxsiy kollektsiyadan olingan asarlari orasida performans davom etdi. Mehmonlar Nadi.uz va LA’MAISON DU TCHAPAN’ning teatrli defilesida ishtirok etishdi, sahnani Sayyora Musaeva jonli vokali va o‘zbek klassikasining texno talqinlari bezadi.
Yakunda, Faberari zargarlik uyi, Masterskaya art-makoni, keramika ustasi Otabek G‘aybullayev, chinni rassomi Natalya Yalisheva va Zieher nemis idish-brendi ishtirokida yaratilgan sovg‘a qutilari kolleksiyasi taqdim etildi.
Bu kolleksiya madaniy meros bilan dialogga aylandi — unda san’at kundalik hayotimizga singgan.