Yangiliklar

Qand Fall-Winter 2024–2025 kolleksiyasi taqdimoti. Qand X Morobulsin
01.11.2024Fall-Winter 24–25 kolleksiyasi taqdimoti.
Bu hikoya san’atshunos Binafsha Nodirning “Avlodlarni bog‘lagan ip” kitobidan boshlandi. Sahifalarda biz ikat ustasi Turg‘unboy Mirzaxmedovning ishlarini ko‘rdik — har bir asarda an’ana, go‘zallik va mahorat mujassam.
Shu ilhom bilan biz o‘tmish naqshlarini zamonaviy estetikada jonlantirgan kolleksiya yaratdik. Morobulsin brendi biz bilan bu yo‘lni bosib o‘tdi — va Qand’ning sovg‘a qutilari bilan birga biz "Marg‘ilon" liboslar kolleksiyasini taqdim etdik — bu avloddan avlodga o‘tuvchi san’atga hurmat ifodasi edi.